13 iyu 13:30
Yangiliklar
Gimnastika
Taxmina Ikromova Jahon kubogida ikkita medal qo'lga kiritdi
Italiyaning Milan shahrida badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi musobaqasi yakunlandi.
Nufuzli xalqaro musobaqada O'zbekiston terma jamoasi azosi Taxmina Ikromova muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakka dasturlar bo'yicha ikkita bronza medal sohibiga aylandi.
Sportchimiz halqa dasturi finalida uchinchi o'rinni egallab, bronza medalni qo'lga kiritdi. SHuningdek, tasma dasturi finalida ham muvaffaqiyatli chiqish qilib, yana bir bronza medal bilan taqdirlandi.
Mazkur natija O'zbekiston badiiy gimnastika maktabining xalqaro maydondagi navbatdagi yutug'i bo'lib, mamlakatimiz sportchilarining yuksak tayyorgarligi va mahoratini yana bir bor namoyon etdi.



Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar