So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

04 apr 12:00
Yangiliklar

Boshqalar

Badminton bo'yicha O'zbekistonning yosh chempionlari aniqlandi

Teglar :  Badminton
Buxoroda badminton bo'yicha bolalar va o'smirlar o'rtasida mamlakat chempionati bo'lib o'tdi.


Musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 200 ga yaqin yosh sportchi 2 yosh guruhida g'oliblik uchun bahslashdi.

2003-2004 va 2005-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il-qizlar o'rtasida tegishli ravishda Buxoro viloyatidan H.Barnoev, Navoiydan M.G'anieva, Toshkent shahridan I.Barinov, B.Qosimjonova g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Juftlik bahslarida Navoiy viloyati vakillari g'olib bo'ldi. Aralash musobaqalarda ham navoiylik badmintonchilar M.G'anieva – R.Sattorov birinchi o'rinni egalladi.

Musobaqaning jamoaviy bahslarida mezbon sportchilar g'olib bo'ldi. Ikkinchi va uchinchi o'rinlarga Andijon va Xorazm viloyatlari badmintonchilari sazovor bo'ldi.

– Sportning badminton turi tobora ommalashib, kuchli sportchilar etishib chiqmoqda, – deydi musobaqa g'oliblaridan H.Barnoev. – Ular orasida kattalar o'rtasida mamlakat terma jamoasi azolari Baxshulla va Fayzulla Amrillaevlar bor. Men ham ularga havas qilib, mahoratimni oshirishga harakat qilmoqdaman. Maqsadim ushbu sport turida xalqaro miqyosda ulkan g'alabalarga erishish.

Musobaqa g'oliblari medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Erkin Yodgorov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing