19 sen 17:26
Yangiliklar
Badminton bo'yicha Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi (FOTO)
Kecha mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.
Unda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya vaziri, mamlakat badminton federaciyasi raisi A.Abduxakimov, Sport vaziri A.Ikramov, Oliy talim, fan va innovaciyalar vaziri K.SHaripov, MOQ raisining birinchi o'rinbosari O.Umarov, shuningdek, Osiyo Badminton federaciyasi masullari ishtirok etib, mamlakatimizda sport taraqqiyoti bo'yicha olib borilayotgan ishlar haqida so'z yuritdilar va musobaqa ishtirokchilariga omad tiladilar.
Eslatib o'tamiz, 22 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur turnirda 7 mamlakatdan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda. Dasturga ko'ra, sportchilar U15, U17 va U23 yosh toifalarida jamoaviy, yakkalik, juftlik va mikst yo'nalishlarida g'oliblik uchun bahs olib borishmoqda.






Fikrlar