So’nggi yangiliklar

15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0 14:15Трамполин бўйича Жаҳон чемпионатида олтин медаль қўлга киритилди! 0 13:44"Дакар-2026": уч боксчимиз иштирок этган Олимпиадада икки олтин қўлга киритилди ва тарихий натижа қайд этилди 0 13:13Ирисметов Россиянинг ўйини ҳақида: "Улар кўпроқ испанларга ўхшаб қолибди" 0 12:42Макгрегор Нурмагомедов ва Двалишвили жанжалига муносабат билдирди + ФОТО 0 12:11Рамазон Темиров вазнидаги чемпионлик жангини ким суғурталаши маълум бўлди 0 11:40Спорт — миллат саломатлиги, илм-фан ва камолот омили! 0 11:09Here we go. Маурисио Почеттино - "Манчестер Юнайтед" бош мураббийи! 0 10:38Нурмагомедов Абу-Дабидаги RAF турнирига киритилмайди 0 10:07Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Диёра Келдиёрова медаллар учун курашга киришади 0 09:36UFC 334 тўлиқ карди тасдиқланди: Сирил Ган – Жош Хокит, Кайла Харрисон – Аманда Нуньес 0 09:05Total Chess. Абдусатторов Дудага қарши ўйинлардан кейин кўтарилди 0 08:34Нурмагомедов ва Двалишвили Абу-Дабида назорат остида қолмоқда 0

31 mar 14:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov ringga ko'tariladigan Astanadagi boks oqshomining to'liq kardi elon qilindi

5 aprel kuni Qozog'istonning Astana shahri prof boks bo'yicha Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan musobaqaga mezbon bo'ladi.

Biz uchun ahamiyatlisi, turnir doirasida ikki bokschimiz - superog'ir vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 14-0, 14 KO) hamda yarimengil vazndagi Otabek Xolmatov (12-1, 11 KO) ham o'zlarining navbatdagi reytingi janglarini o'tkazishadi. Jalolov ukrainalik Igor SHevadzuckiy (12-2, 10 KO)ga, Xolmatov esa filippinlik Jeyson Kano Manigos (30-12-2, 20 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.

Tashkilotchilar ushbu turnirning to'liq kardini rasman tasdiqlashdi. "Barys Arena"da o'tadigan oqshomning asosiy jangi o'rta vazn toifasida WBO va IBF yo'nalishlari chempioni, qozog'istonlik Janibek Alimxanuli (16-0, 11 KO) hamda franciyalik Anauel Ngamissenge (14-0, 9 KO) o'rtasida bo'lib o'tadi. Har ikki bokschi ham hali prof faoliyatlarida mag'lubiyat va durang qayd etishmagan. 

Astanadagi turnirning to'liq kardi:

Asosiy jang, o'rta vaznda WBO va IBF kamari uchun 12 raundlik jang: Janibek Alimxanuli (Qozog'iston, 16-0, 11 KO) — Anauel Ngamissenge (Franciya, 14-0, 9 KO)

So-main event jangi, birinchi engil vaznda IBF Intercontinental kamari uchun 10 raundlik jang: Sultan Zaurbek (Qozog'iston, 19-0, 13 KO) — Azinga Fuzile (JAR, 18-2, 12 KO)

Superog'ir vaznda 10 raundlik jang: Bahodir Jalolov (O'zbekiston, 14-0, 14 KO) — Igor SHevadzuckiy (Ukraina, 12-2, 10 KO)

Birinchi yarimo'rta vaznda 10 raundlik jang: Batir Jukembaev (Qozog'iston, 23-1, 17 KO) — Keyn Gardner (Buyuk Britaniya, 17-4, 7 KO)

Ikkinchi eng engil vaznda 6 raundlik jang: Mahmud Sabirxan (Qozog'iston, debyut) — Nikolas Tordesilya (Kolumbiya, 2-0, 2 KO)

Ayollar o'ta engil vaznda 8 raundlik (2 daqiqadan) jang: Balausa Muzdiman (Qozog'iston, 6-0, 5 KO) — Mariya Tereza Pinili (Filippin, 7-1, 2 KO)

Yarimengil vaznda 8 raundlik jang: Otabek Xolmatov (O'zbekiston, 12-1, 11 KO) — Jeyson Kano Manigos (Filippin, 30-12-2, 20 KO)

Yarimo'rta vaznda 6 raundik jang: Torexan Sabirxan (Qozog'iston, debyut) — Yirji Xauke (CHexiya, 4-6, 2 KO)

Yarimo'rta vaznda 4 raundlik jang: Akniet Alimbay (Qozog'iston, 2-0, 1 KO) — Yozef Dubski (CHexiya, 1-0, 1 KO)

Birinchi o'rta vaznda 4 raundlik jang: Alisher Abdualim (Qozog'iston, 3-0, 2 KO) — Ashish CHaudxari (Hindiston, 3-0, 0 KO)

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing