11 dek 22:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolovning Dubaydagi jangi yakunlandi
Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov Dubay shahrida ringga ko'tarildi.
Uzoq tanaffusdan so'ng yana prof ringga ko'tarilgan Bahodirga bugungi jangda kolumbiyalik Xulio Sezar Kalimeno (4-1-0) raqiblik qildi.
6 raundga mo'ljallangan jang birinchi raunddayoq yakuniga etdi. Bokschimiz dastlabki soniyalarda raqibiga kuchli zarba berdi va uni ringga qulatdi. Ushbu zarbadan so'ng raqib o'rnidan tura olmadi.
Eslatib o'tamiz, Bahodir shu kungacha prof boksda 8 marta jang o'tkazib, ularning barchasida raqibini nokautga uchratgan. Bugungi g'alaba Bahodir uchun to'qqizinchi nokautli g'alaba bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar