So’nggi yangiliklar

17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0

18 noy 21:37
Yangiliklar

Boshqalar

Bahodir polvon Bekchanov xonadoniga tashrif

Mamlakatimizda sportning kurash turlari bo'yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassislar xorazmlik Bahodir Bekchanovni yaxshi bilishadi.

Bu inson vaqtida erkin kurash, yunon-rum kurashi, sambo hamda kurash bilan shug'ullanib, qator yutuqlarni qo'lga kiritgan edi. Keyingi paytlarda murabbiy sifatida vohalik yosh sportchilarni etuklik sari etaklab, ular orasidan taniqli kurashchilar etishib chiqishiga munosib ulushini qo'shdi. 

Ko'plab O'zbekiston va xalqaro miqyosidagi musobaqalarda hakamlik qildi. Albatta, fidoiy insonning beminnat mehnatlari beetibor qolmadi. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sport ustozi unvoniga, “El-yurt hurmati” ordeniga sazovor bo'ldi. Ayni damda, u nafaqada.

Yaqinda sportimiz jonkuyari O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport alochisi” ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. Albatta, bu ham B.Bekchanovning sport sohasidagi, uni rivoji yo'lidagi ko'p yillik samarali xizmatlari evaziga berilgan munosib rag'bat edi.

Kuni kecha Xorazm viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i  SH.Madaminov, Urganch ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati direktori I.Otaev, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi viloyat mintaqaviy bo'limi raisi o'rinbosari M.Qalandarov va  sport federaciyalar  hamkorligida xayrli ishga qo'l urishdi. Bahodir polvon Bekchanovning uyiga tashrif buyurib, uning holidan xabar olindi. Bu galgi tashrif chog'ida sportimizning ezozli faxriysiga hurmat va ehtirom ramzi sifatida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasining faxriy yorlig'i topshirildi. 

Fursatdan foydalanib, dilkash inson bilan dildan suhbat qurildi,  ustoz asos solgan uy muzeyiga qo'yilgan  eksponatlar, surat, medal va boshqa turdagi kollekciyalarni tomosha qilishdi. Asosiysi, bu tashrifdan Bahodir polvonning quvonchi ko'klarga etdi. 

Ikrom XUDOYBERGANOV, Urganch shahridan

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing