28 mar 14:32
Yangiliklar
Tennis

Bahrayn. Sanjar Fayzievda g'alaba, Saidaloda esa mag'lubiyat
Bahraynda tennis bo'yicha "Fyuchers" turniri boshlandi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil etadian turnirning asosiy bosqichida ikki nafar tennischimiz ishtirok etmoqda.
Turnirning uchinchi raqamli tennischisi sifatida saralangan Sanjar Fayziev dastlabki o'yinini filippinlik Ruben Gonsalesga qarshi o'tkazdi. 1 soat 13 daqiqa davom etgan bahsda terma jamoamiz azosi 6:3, 6:3 hisoblarida g'alaba qozondi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Boshqa bir yosh tennischimiz Saidalo Saidkarimov esa norvegiyalik Viktor Durashovichga 3:6, 4:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar