So’nggi yangiliklar

19:20Бенавидес ва Чесляк ўртасидаги бирлаштирувчи жанги расман эълон қилинди 0 18:45"Ризеспор" бош мураббийи Ҳусниддин Алиқуловнинг ҳолати ҳақида маълумот берди 0 18:07Чимаев вакант UFC камари жанг қилишга тайёр 0 17:29Ненад Лалович UWW президенти лавозимига қайта сайланди. У сайловда ягона номзод эди 0 16:50Хайме Мунгия Бектемир Мелиқўзиев билан келаси йил жанг қилмоқчи 0 16:16Абдуқодир Ҳусанов УЕФА Чемпионлар лигасидаги энг тезкор марказий ҳимоячи деб топилди 0 15:41Жастин Гэтжи Трамп билан пулга гольф ўйнамоқчи 0 14:51Жаҳонгир Зокировнинг Zuffa Boxing’даги навбатдаги рақиби маълум бўлди 0 13:58Чарльз Жонсон Рамазон Темировнинг нокаут бўлишини исташини айтди 0 13:17"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун асосий номзод номи маълум — talkSPORT 0 12:35АҚШ профессионал боксчиларига терма жамоа сафида жанг қилиш имконини берди 0 11:57Нодирбек Абдусатторов 2027 йилда ҳам NAVI сафида қолади 0 11:13Asian Boxing League турнири номаълум муддатга қолдирилди 0 10:24Ўзбекистон кубогининг 1/2 финал сана ва манзиллари маълум 0 10:15Полина Кудерметова дунё рейтинги пешқадамига қарши кортга чиқди 0

14 mar 22:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Bahromjon Fozilov ozarbayjonlik raqibiga qarshi ringga ko'tarildi

Teglar :  Bahromjon Fozilov
Ayni daqiqalarda poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport saroyida navbatdagi professional boks kechasi o'tkazilyapti.

Akhmat Fight Promotion promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan "Prof Boxing Night" oqshomidan jami 11 ta jang o'rin olgan, hozirgacha ularning 9 tasi yakuniga etdi. Biroz avval 10 raundga mo'ljallangan jang ikkinchi raundda referi tomonidan to'xtatildi. 

Hamyurtimiz Bahromjon Fozilov ozarbayjonlik Ali Mamedovni texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu bilan u o'ziga tegishli mintaqaviy kamarini himoya qildi. Ali jangni davom ettira olaman deya etiroz bildirdi. Ammo, referi qarorini o'zgartirmadi...

Bugungi  boks oqshomining to'liq kardi

76.2 kg (4 raund): Islombek Mo'minov (Andijon) - Javohir Umbarov (Toshkent viloyati)

Ushbu jang muddatidan avval yakuniga etdi. Ikkinchi raunddan so'ng Javohir Umbarovning murabbiylari jangni davom ettirmaslikka qaror qilishdi. Andijonlik bokschi Islombek Mo'minov texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. 


79.3 kg (4 raund): Jonibek Norqobilov (Surxondaryo) - Nursulton Muxtorov (Toshkent)

To'rt raundga mo'ljallangan mazkur jang ham ikkinchi raundda yakunlandi. Jonibek Norqobilov texnik nokaut evaziga raqibidan ustun keldi va prof ringdagi debyutini g'alaba bilan boshlab oldi


66.5 kg (6 raund): Bekzod Qodirov (Farg'ona) - Farruxjon Ahadov (Toshkent viloyati)

Olti raundlik jangning uchinchi raundidan so'ng Farruxjon Ahadovning sekundantlari bahsni davom ettirmaslikni afzal bilishdi. SHu tariqa Bekzod Qodirov muddatidan avval qozonilgan g'alabasini nishonladi

Hozirgacha yakuniga etgan janglar natijasi:   

63.5 kg (8 raund): Asrorbek Rahimov (Farg'ona) - SHavkat Xalilov (Toshkent)

Muxlislar eng tezkor nokautga guvoh bo'lishdi. Jangning birinchi raundida Asrorbek Rahimov raqibini nokautga uchrata oldi


55.2 kg (6 raund): Asadbek Mamajonov (Farg'ona) - Ozodbek Majitov (Toshkent viloyati)

Ushbu jangda Asadbek Mamajonov g'alaba qozondi.. 

 

63.5 kg (6 raund): Bekzodbek Isadullaev (Farg'ona) - Abbosxon Yo'ldoshev (Farg'ona) - durang

Olti raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va yakunda hakamlar jangovor durang natija qayd etilganini malum qilishdi - 58:56, 57:57, 56:58! 


76.2 kg (4 raund): Rustam Asqarov (Toshkent viloyati) - Aloxon Abdullaev (Namangan)

Namangan viloyati vakili Aloxon Abdullaev ikkinchi raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratdi. Bu Abdullaev uchun prof ringdagi debyut jang edi... 


63.5 kg (4 raund): Jamshid Rixsiev (Toshkent viloyati) - Orifjon Ibodullaev (Qashqadaryo)

Jang to'liq to'rt raund davom etdi. Yakunda hakamlarning qarori bilan Jamshid Rixsiev ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozondi. Bu Rixsievning professional faoliyatidagi ettinchi g'alabasi bo'ldi...

Suratlar muallifi - Jahongir FAYZULLAEV, o'z foto muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing