15 mar 08:20
Yangiliklar
Futbol

Bakka bitta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi
Italiyaning “Milan” klubi hujumchisi Karlos Bakka bitta o'yinga chetlatildi.
30 yoshli hujumchi A Seriyaning 28-turida jamoasining “Yuventus”ga (1:2) qarshi kechgan bahsida nosportcha xatti-harakati uchun jazolandi.
Kolumbiyalik futbochli o'sha uchrashuvning so'nggi daqiqasida o'z jamoasi darvozasiga belgilangan penalti bois yordamchi hakam bilan faol bahsga kirishgandi.
Natijada Bakka A seriyaning navbatdagi turida “Jenoa”ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Havola :
Fikrlar