04 jan 13:34
Yangiliklar
Futbol

Ballardini SHomurodov haqida gapirdi
"Jenoa" bosh murabbiyi David Ballardini A Seriya doirasidagi "Lacio" (1:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz ajoyib jamoa bilan juda yaxshi o'yin o'tkazdik, biz o'z o'yinimizga yaqinlashmoqdamiz. Qo'rquv bilan boshladik, o'yin davomida esa o'zimizga keldik. "Jenoa" ikkinchi bo'limda so'zsiz natijaga loyiq edi.
Hujumchilar ikki nuqtada bo'lishlari kerak edi. Yarim himoyachi va vingerlar ham yaxshi o'ynadi. SHuni takrorlaymanki, biz ajoyib o'yin o'tkazdik.
SHomurodov va Destroning o'yinidan hayratda qoldingizmi? Umuman yo'q, men Eldorni har kuni mashg'ulotlarda ko'raman, Mattia esa doim juda istedodli o'yinchi bo'lib kelgan. Bugun u doim o'yinda bo'ldi", - deydi Ballardini.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar