06 dek 17:53
Yangiliklar
Futbol

Balotelli Berluskonining B Seriyadagi jamoasiga o'tishga yaqin
"Inter" va "Milan" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Mario Balotelli faoliyatini B Seriyada davom ettirishi mumkin.
30 yoshli forvard "Monca" bilan shartnoma imzolaydi. Dushanba kuni u klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.
"Monca"ga Silvio Berluskoni egalik qilmoqda. U erning direktori sifatida Adriano Galliani ishlaydi. Kristian Brokki esa jamoa bosh murabbiyi hisoblanadi.
"Monca" tarkibida Kevin-Prins Boateng va Gabriel Paletta kabi futbolchilar o'ynamoqda.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar