31 dek 17:46
Yangiliklar
Futbol
Balotellida "Al-Ittifoq"dan taklif bor. 35 yoshli hujumchi 2024 yil dekabridan beri o'ynamayapti
Mario Balotelli BAA ikkinchi divizioni vakili "Al-Ittifoq" klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.
Italiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Mario Balotelli BAA ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi Dubayning "Al-Ittifoq" klubidan taklif oldi.
35 yoshli futbolchi so'nggi bor maydonga 2024 yil 21 dekabrda – "Jenoa" safida A Seriya doirasidagi "Napoli"ga qarshi o'yinda zaxiradan tushgandi.
SHuningdek, Balotelli "Milan", "Liverpul", "Manchester Siti" va "Inter"dagi o'yinlari orqali tanilgan.

Havola :
Fikrlar