14 avg 16:42
Yangiliklar
Futbol
![](/upload/storage/80917_220.jpg)
Balotelli Italiyaga qaytishi mumkin
Hujumchi Mario Balotelli "Breshia"ga o'tishi mumkin.
Bu haqda italiyalik jurnalist Janluka Di Marcio xabar bermoqda. O'yinchi va klub o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda. Takidlab o'tish kerakki, Mario hozirda erkin agent maqomida yuribdi.
Bugun agarda Braziliyaning "Flamengo" klubi italiyalik futbolchi bilan bitim tuzmasa, "Breshia" o'yinchini olish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'ladi.
Hujumchining so'nggi klubi "Marsel" bo'lgan edi. Italiya terma jamoasi o'yinchisi bundan oldin "Inter", "Manchester Siti", "Milan", "Liverpul" va "Nicca" klublarida o'ynagan.
Futbolchi 2010 yildan buyon Italiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar