So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

29 dek 16:52
Yangiliklar

SHaxmat

"Barcha qoidani to'g'ri tushunib, vaziyatni to'g'irladi. Magnus Karlsen esa..." - FIDE prezidenti JCHda ro'y bergan holat haqida gapirdi

Xalqaro shaxmat federaciyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich JCH vaqtida Magnus Karslen bilan ro'y bergan voqea haqida gapirdi.

Nyu-Yorkdagi jahon chempionati vaqtida norvegiyalik grossmeyster dress-kod, yani kiyinish qoidalariga rioya qilmagani uchun ogohlantirildi va 200 dollar jarimaga tortildi. SHundan keyin, undan djinsi shimni almashtirib olishni so'rashdi. 

Karlsen esa buni istamadi va musobaqada qatnashmasligini malum qildi. 

Arkadiy Dvorkovich bu haqida shunday dedi: 

"Biz barcha ishtirokchilarga qoidalar borasida adolatli bo'lishimiz kerak. O'sha kungi o'yinlar vaqtida bosh hakam boshqa o'yinchilarga ham shunday ogohlantirish bergan, ular orasida kamida ikki nafar top-shaxmatchi ham bor edi. Qolgan o'yinchilar qoidalarni hurmat qilgan holda, vaziyatni to'g'irlashdi. Magnus esa principial tarzda buni qilishni istamadi. Agar biz qoidalarni barchaga birdek tatbiq etishni istasak, bosh hakam qarori - yagona to'g'ri qaror edi. 

Bunday bo'lishini istamagandim. Betobligim sababli ushbu musobaqaga bora olmadim. Balki o'sha erda bo'lib, bevosita muloqotga kirishganimda, vaziyatni o'zgartirgan bo'lardim", - dedi Dvorkovich. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing