So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

16 mar 18:13
Yangiliklar

Boshqalar

Barcha turdagi sport tadbirlari va yig'inlar ham vaqtincha to'xtatildi

Teglar :  Sport vazirligi
Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrug'i bilan, tizimdagi barcha tashkilot va muassasalarda o'quvchilar, shug'ullanuvchilar va xodimlarning salomatligini muhofaza qilish hamda mustahkamlash, kasalliklarning tarqalib ketishini oldini olish, sanitariya-gigiena meyorlarga rioya etilishi yanada kuchaytiriladi.

Bunda O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan gripp va koronavirus infekciyasi profilaktikasi bo'yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar inobatga olingan.

Buyruqqa ko'ra, vazirlik tizimidagi barcha sport maktablari, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, futbol akademiyalari, respublika oliy sport mahorati maktablari, oliy talim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlarida o'quv hamda o'quv-mashg'ulot jarayonlari, to'garaklar faoliyati, shuningdek, barcha turdagi sport tadbirlari, yig'inlar o'tkazilishi ham joriy yil 16 martdan boshlab vaqtincha to'xtatildi.

SHuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yangi qurilgan hamda “Navro'z” umumxalq bayrami kunlarida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan sport obektlarining tantanali ochilish marosimlarini o'tkazish ham keyinroqqa qoldiriladi.

Vazirlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari hamda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning Nukus filialida o'quv jarayonlari va sport mashg'ulotlari o'tkazilishi rasmiy ko'rsatma berilgunga qadar vaqtincha to'xtatilib, o'quvchilar tatilga chiqarildi.

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi va uning Nukus, Samarqand hamda Farg'ona filiallarida barcha turdagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari, shu jumladan pullik xizmat ko'rsatish turlari vaqtinchalik to'xtatildi.

Qolaversa, buyruq bilan markaz va uning filiallari mehnat jamoasi o'rtasida COVID-19 koronavirusi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarini masofaviy o'qitish choralarini ko'rish vazifasi belgilandi.

Bundan tashqari, bolalar-o'smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktablari, Respublika oliy sport mahorat maktablari hamda sport mashg'ulotlari o'tkaziladigan barcha turdagi boshqa muassasalarda sport sekciyalari va to'garaklari faoliyati vaqtinchalik to'xtatilib, shug'ullanuvchilarning ota-onalari sport sekciyalarining faoliyati nomuayyan muddatga to'xtatilganligi to'g'risida ogohlantirildi.

Koronavirus sababli mehnat jamoasi o'rtasida vahimaga olib keluvchi yolg'on xabarlar, videomateriallar va boshqa noto'g'ri malumotlarni tarqatmaslik ham belgilandi.

Sport va jismoniy tarbiya tadbirlari kalendar rejasiga kiritilgan barcha sport musobaqalari, o'quv-mashg'ulot yig'inlari hamda xalqaro va respublika seminarlari viloyat, tuman (shahar)larda to'xtatilib, bu jarayonlar qatiy nazoratga olinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing