So’nggi yangiliklar

16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0 08:37Дастин Порье Рамазон Темировнинг жанги ҳақида гапирди 0 19:41Майк Мэлотт UFC 336 турнирида иштирок этади 0 19:03Манба: Каннаваро Мексика ёки АҚШ клубларини бошқариш имкониятини кўриб чиқмоқда 0 18:25Guangzhou Challenger: Ҳумоюн Султоновни чорак финал остонасида тўхтатишди 0 17:44"У кучли зарба берадиган жангчи". Кавана жанг олдидан Рамазон Темиров ҳақида гапирди 0

29 noy 18:04
Yangiliklar

Xokkey

Barcha xokkeyga! Toshkentda "Humo"ning uy o'yinlari seriyasi boshlanmoqda!

Teglar :  XokkeyHumo
Toshkentda o'tkazilgan SHarqiy o'yinlar seriyasida "Humo" 6 imkoniyatdan 4 ochko to'plagandi.

Jamoamiz "KRS-BSU"ga qarshi o'yinda chetlatish va ikki kishi kam bo'lib qolganidan so'ng so'nggi daqiqalarida imkoniyatni boy bergandi. Poytaxtimizda "Ceng Tou"ga qarshi o'yindan so'ng jamoa Xitoyga yo'l oldi va o'sha jamoalarga qarshi o'yinlar o'tkazdi. Safarga jamoaning markaziy hujumchisi Artyom Voronin jarohat sabab bormagandi. 


Xitoyda esa jamoaning uch nafar etakchisi - Evgeniy Grigorenko, Ivan Yacenko va Mixail Anisin jarohat sabab o'ynay olmadi. SHunday bo'lsada, xokkeychilarimizning harakatchanligi va darvozabonimiz Roman Smiryaginning jonkuyarligi, himoyachi Vsevolod Sorokinning safga qaytishi o'z samarasini ko'rsatdi. 

Ikkinchi o'yinda esa himoyachimiz Aleksey Pepelyaev safga qaytdi va bu albatta o'z foydasini berdi. Uchinchi o'yinda esa Grigorenkoning qaytishi ham "Humo"ga yordam bermadi. Jamoamiz mavsumda ikkinchi marotaba raqib darvozasini ishg'ol eta olmadi. 

Dekabr oyida o'tkaziladigan yirik uy o'yinlari seriyasi jamoamiz uchun katta ahamiyatga ega. "Humo Arena"ga dekabr oyida jamoamizning pley-off yo'llanmasi uchun asosiy raqobatchilari mehmon sifatida tashrif buyurishadi. 

1 dekabr kuni "Dizel"ga qarshi o'yinda Penzadagi yirik mag'lubiyat uchun revansh olishi lozim. 

3 dekabrda esa VXL etakchilaridan biri "Lada"ga qarshi o'yin. Tolyattidagi o'yin oson bo'lmagandi va g'olib bullitlar seriyasida aniqlangandi. Toshkentda ham katta ehtimol bilan shu scenariy takrorlanadi. 

5 dekabrda CSK VVS bilan o'yin va bu ham Samaradagi mag'lubiyat alamini olish uchun imkoniyati bor. 

10-11 dekabr kunlari Moskvaning "Zvezda"si mehmon bo'ladi. Jamoa CSKAning farm-klubi hisoblanadi. Toshkentliklar mazkur o'yinlarda Moskvadagi mag'lubiyat tasodif ekanliklarini isbotlashlari kerak bo'ladi. 

14-15 dekabrda esa Moskvaning "Spartak" jamoasi farm-klubi "Ximik"ka qarshi o'yin bo'ladi. 

O'yinlar boshlanish vaqtlari: 

(yakshanba kungi o'yinlar soat 17:00, qolgan kunlari esa 19:30da boshlanadi)

1 dekabr: "Humo" - "Dizel" (Penza, Rossiya) (17:00)

3 dekabr: "Humo" - "Lada" (Tolyatti, Rossiya) (19:30)

5 dekabr: "Humo" - CSK VVS (Samara, Rossiya) (19:30)

10 dekabr: "Humo" - "Zvezda" (Moskva, Rossiya) (19:30)

11 dekabr: "Humo" - "Zvezda" (Moskva, Rossiya) (19:30)

14 dekabr: "Humo" - "Ximik" (Voskresensk, Rossiya) (17:00)

15 dekabr: "Humo" - "Ximik" (Voskresensk, Rossiya) (17:00).

Barcha muxlislarimizni "Humo Arena"da kutib qolamiz. SHou, tanlovlar va albatta yuqori saviyadagi xokkeyni o'tkazib yubormang!

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing