So’nggi yangiliklar

08:43Ёшларимиз Осиё Кубогида 20 та медаль билан умумжамоа ҳисобида 2-ўринни эгаллашди 0 08:22Олисе 60 млн евро эвазига "Кристал Пэлас"дан "Бавария"га ўтди 0 08:01Баҳодир Жалолов 30 ёшга тўлди! 0 19:01Уимблдон. Онс Жабер Элина Свитолинага ютқазиб қўйди 0 18:35Ўзбекистон Заурбек Сидаковга легионер бўлиш таклифи билан чиққани маълум бўлди 0 18:10Мбаппенинг "Реал"даги тақдимотига 80 мингдан ошиқ инсон ташриф буюради 0 17:45Уимблдон. Елена Рибакина Возняцкини "сочиб" ташлади 0 17:23"Уимблдон"да сенсация! Дунёнинг биринчи ракеткаси қозоғистонлик теннисчига ютқазди 0 17:01Ёш ҳамюртимиз Octagon 60 мусобақасида қозоғистонлик мағлубиятсиз жангчи билан тўқнаш келади 0 16:40Эшитдик-да! "Ланс" грузиялик футболчини ўз сафига қўшиб олади 0 16:19Боксчиларимиз катта таркибда Парижга жўнаб кетишди 0 15:54"Ҳумо" ўзбекистонлик хоккейчилар Жавоҳир Расулов ва Даниель Коган билан шартномани узайтирди 0 15:33Июль ойи бокс ва ММА мухлисларини аниқ зериктириб қўймайди! (Барча қизиқарли жанглар рўйхати) 0 15:10Кантедан ўзига хос рекорд 0 14:49Стрикленд: "Яқин орада UFCда америкаликлар қолмайди, русларни томоша қилиб ўтирамиз" 0

03 avg 18:57
Yangiliklar

Futbol

Barcha yo'llar Rimga olib boradi: SHomurodovni "Roma"da nimalar kutyapti?

Hamyurtimiz faoliyatini Rimda davom ettirishidan xabaringiz bor.

SHahar

Rim — Evropaning eng qadimiy shaharlaridan biri bo'lib, qadimgi Rim imperiyasining poytaxti, hozirgi kunda esa Italiyaning poytaxti hisoblanadi. "Barcha yo'llar Rimga olib boradi" iborasi ham bejizga aytilmagan, lekin avval haqiqatdan ham shunday bo'lgan. Rim "abadiy shahar" nomini olgan, sababi imperiya qulagandan keyin ham u o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Italiya birlashgandan keyin u erda qator tortishuvlar bo'lishiga qaramay, Rim mamlakat poytaxti bo'lgan. Eslatib o'tamiz, aynan Rim shahrida Jahon CHempionatining 2ta finali bo'lib o'tgan (1934 va 1990 yillarda).


Jamoa

"Roma" — Italiya futboli standartlari bo'yicha nisbatan yosh klub sanaladi. U 1927 yil shaharning 3ta kichik jamoasi bazasida tashkil etilgan. "Jalorossi" A Seriyaning barcha mavsumida ishtirok etgan: faqat bir mavsum — jamoa V Seriyaga tushib ketgan yildan tashqari. SHahardagilar Italiya futboli etakchilarining gegemonligiga barham berishni orzu qilishardi. SHuning uchun, klub tashkil topgandan so'ng sovrin uchun kurashishga yaxshigina resurslarga ega bo'lgan. Biroq uzoq vaqt mobaynida "Roma"ning ishlari o'ngidan kelmadi. Jamoa ilk bor urush vaqtlari — 1942 yilda chempion bo'ldi.

Urushdan keyin "Roma" o'rtamiyona jamoalardan biri bo'lib turdi. Klub 60-yillardan keyin klub yana yuksala boshladi. CHo'qqiga chiqish 80-yillarda yuz berdi: klub bir nechta kubokga ega chiqdi, bir necha bor 2-o'rinni egalladi, 1982/83 yilgi mavsumda esa titul sohibi bo'ldi. Jamoa 90-yillarda moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi, sovrin haqida esa gap-so'z yo'q edi. Lekin 2000/01 yilgi mavsumda Fabio Kapello qo'l ostidagi jamoa uchinchi bor chempion bo'ldi. SHundan so'ng, "bo'rilar" titul uchun kurashdilar, kumush medallarga ega chiqdilar, biroq skudetto uchun kurashda doim nimadir etishmasdi.


O'tgan mavsum

"Roma" oldida jiddiy vazifalar bor edi va umuman olganda, bunday raqobat darajasi bilan jamoa ko'p narsaga qodir edi, sababi tarkib yaxshi tuzilgandi. Lekin yakunda jamoa raqiblarga qarshi munosib o'yin ko'rsatolmadi va asta-sekin tanazzul boshlandi. Fonseka, bir tomondan, kiyinish xonasidagi nizolarni to'xtatolmadi, boshqa tomondan, "Roma" g'alaba qozona olmayotgani uchun nima qilishni bilmay qolgandi. Natijada, jamoa 7-o'rinni egalladi va endi klub Paulo Fonsekasiz Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.


Murabbiy

"Roma" klubi ruliga Joze Mourino tayinlanishi umuman kutilmagan xabar bo'ldi. Avvaliga "Sassuolo"dan De Cerbi Rimga kelishi aytilgandi. Lekin oxirgi pallada amerikalik bosslarning qarori bilan voqealar rivoji boshqacha tus oldi. Natija qanday bo'lishini aytish qiyin, chunki Mour "Tottenxem"da o'zi istagan natijalarga erisholmadi. Ammo bu safar u o'ziga tanish atmosferada o'zini ko'rsata oladi deb umid qilishimiz mumkin. Aslida, Mourinodan hech narsa kutishmayapti ham. Lekin u erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo'ladi desak adashmaymiz.


Raqobatchilar

Uzoq vaqt davomida "Roma"ning hujum chizig'ida Edin Jeko to'p tepdi va juda ko'p gol urishga erishdi. Biroq u o'tgan mavsumda ko'p bora davolandi, Fonseka bilan janjallashdi va A Seriyada atigi 7ta gol urdi. Bosniyalikning yoshini hisobga olsak, yangi hujumchini izlash mantiqan to'g'ri bo'ladi.


SHuningdek, jamoada o'tgan mavsum A Seriyada 10ta gol urgan Borxa Mayoral ham bor. Ispan ijara huquqlari asosida to'p tepadi, ammo katta ehtimol bilan "Roma" qishda uni sotib oladi. SHomurodovning raqobatchilari kuchli, lekin bu SHoma uchun yangilik emas. Genuyada o'yin amaliyoti uchun kurash Rimdagidan og'irroq bo'lgan bo'lishi ham mumkin.


Kutilmoqda

Qishda "Yuventus" SHomurodovga qiziqish bildirgan, ammo aniq to'xtamga kelmagandi. Eldor mavsum davomida sezilarli o'sdi, ayniqsa mavsum so'ngidagi 6 o'yinda 5ta gol urib, ko'pchilikda iliq taassurot qoldirdi. SHomurodov yil davomida italyan tilini o'rgandi, bu esa Rimga tezroq moslashishiga katta yordam beradi. Agar SHoma to'g'ri bu klubga kelganida, ancha qiynalgan bo'lardi. Biroq Genuyadagi bir yillik tajriba unga as qotishi aniq.

Bir tomondan summa juda oshirib yuborilganga o'xshaydi, biroq tavakkalsiz hech bir ish bitmaydi. SHomurodov, ehtimol, A Seriyada Mourinyuning talablari uchun eng maqbul variant hisoblanadi. SHomurdovning o'ziga xos xususiyati — "Rostov"da takidlashganidek, uning mehnatsevarligidir. Eldor har mashg'ulotda bor kuchi bilan shug'ullanar, keyin esa Genuyada ishga bo'lgan munosabati bilan ko'pchilikni hayratda qoldirgandi.

Mourinyu omili albatta, transferga tasir qilgan. Joze aynan shunday hujumchini izlagandi. Uning eng yaxshi jamoalarida to'psiz ko'p ishlay oladigan va Dide Drogba, Karim Benzema, Diego Milito, Diego Kosta kabi yakkakurashda ishtirok eta oladigan forvard bo'lgan. Joze "Tottenxem"da o'yinni Garri Xeyn atrofiga qurgan, u esa APLning eng yaxshi to'purari bo'lgan. Umuman olganda, SHomurodovdan gollar shousini kutish u qadar to'g'ri bo'lmaydi. U qaysidir manoda Diego Kosta tipidagi futbolchi bo'ladi va maydonda tinimsiz pressing uyushtiradi hamda ikkinchi qavatda to'p uchun kurash olib boradi. Yana bir qiziq jihat: SHomurodov va Mourinyu bundan ikki yil avval Moskvada uchrashgan va esdalik uchun rasmga tushishgan. Rimda ular yana ko'rishganda murabbiy futbolchiga o'sha uchrashuvni eslatdi va yana bir bor rasmga tushishni taklif qildi.

Endi barchasi futbolchining o'ziga bog'liq. Rimda Eldor o'sishi uchun ideal imkoniyatlar mavjud. "Yuventus" tomonidan bo'lgan qiziqish esa "Roma" Eldorning "potologi" emasligini ko'rsatayotgandek. Asosiysi, diqqatni yo'qotmaslik. "Rostov" va "Jenoa"da ham kechirilgan bazi vaziyatlar uchun Rimda ayab o'tirmasliklari mumkin. Biroq SHomurodovning xarakterini inobatga oladigan bo'lsak, ish u darajaga etib borishi qiyinligini futbolchini yaxshi bilganlar tasdiqlashadi.


Sergey Rumyancev
Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

   
03 avg 19:21:09
Azartniy Igrok
5 август кунги жадвални беринглар азиз админлар...
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing