So’nggi yangiliklar

19:21Иккинчи ракеткамиз Мария Тимофеева эртадан Australian Open'даги юришини бошлайди 0 19:00Рафинья: "Агар Флик келмаганида, мен "Барса"дан кетган бўлардим. У ҳаммасини ўзгартирди" 0 18:39"Шахсий аҳамиятга эга". Шоҳжаҳон Эргашев Жукембаев билан жанг ҳақида гапирди 0 18:18Майкл Чендлер Царукянни грэпплинг жангига чорлади, Арман эса унга кесатиқ билан жавоб қайтарди 0 17:52"Мен фақат жанг учун чиқмайман". Батир Жукембаев Шоҳжаҳонга қарши жанг олдидан баландпарвоз баёнот берди 0 17:29Хаби Алонcони "Реал"да нималар кутаётгани маълум бўлди 0 17:07"Тўлқин Қиличев бўлганида ҳам бу тушунарли бўларди". Қозоғистонда бокс терма жамоасида мураббий алмашганига муносабат билдиришди 0 16:46WTA рейтинги. Топ-10`да ўзгаришлар, учинчи ракеткамиз 17 поғона юқорилади 0 16:25Хабиб Нурмагомедов Снейдер ва Трезеге билан учрашди + ФОТО 0 16:04Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубогининг навбатдаги ўйинида ишлайди 0 15:43Виктория Дудакова илк уринишдаёқ Open FC чемпиони бўлди 0 15:22Нотинч вазият сабаб кураш бўйича жаҳон чемпионати Эронда ўтказилмайди 0 15:01Царукянга чемпионлик жанги берилмаганининг сабаби айтилди 0 14:40Грузия МТЖ собиқ футболчиси "Бухоро" билан шартнома имзолади 0 14:19ММА бўйича Осиё чемпионатида 6 та медаль қўлга киритилди 0

04 iyu 10:37
Yangiliklar

Futbol

Barezini o'ziga kumir deb bilgan Mustafo Belyalov payg'ambar yoshida!

Bugun, 4 iyun kuni "Paxtakor" jamoasi tarixidagi eng yaxshi himoyachilardan biri, shonli klub tarkibida 183 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushgan tojik o'g'loni Mustafo Belyalov tavallud topgan kun.

Mustafo Belyalov 1957 yilning 4 iyun kuni Tojikistonning o'sha paytdagi Xo'jand viloyati CHkalovsk shahrida Osmon aka va Sariya ayalar oilasida dunyoga kelgan. O'n yoshidan futbol bilan professional darajada shug'ullana boshlagan. Birinchi murabbiyi Vladimir Burdindan CHkalovskdagi BO'SMda millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgangan. 1974-1978 yillarda Tojikiston davlat jismoniy tarbiya institutining futbol bo'limida tahsil olgan. 

Belyalov mashhur murabbiy Ishtvan Sekechning taklifi bilan Dushanbening "Pomir" klubida katta futboldagi shonli yo'lini boshlaydi. O'sha paytda u institutning ikkinchi bosqich talabasi edi. "Pomir" esa sobiq ittifoq chempionatining birinchi ligasida o'ynardi. Taqdirni qarangki, Mustafo ilk golini Ittifoq kubogining mintaqaviy uchrashuvida "Paxtakor" darvozasiga kiritgan. Uchrashuv dushanbeliklarning kichik (1:0) hisobdagi g'alabasi bilan yakunlangan. 1981 yili Sekech "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Tabiiyki, Sekech tarkibni kuchaytirish maqsadida o'zi yaqindan bilgan futbolchilarni "Paxtakor"ga chorlaydi. Ular orasida Mustafo Belyalov ham bor edi. 


Bugungi yubilyarimizning "Paxtakor" libosidagi ilk rasmiy o'yini 5 may kuni Toshkentda Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi bo'lib o'tgan. Uchrashuvda maydon egalari Andrey Yakubik va Igor Semenkoning gollari evaziga g'alaba (2:1) qozongan. Mehmonlarning yagona goliga keyinchalik murabbiylikda ham mashhurlikka erishgan Valeriy Gazzaev kiritgandi. Belyalov ikkinchi bo'lim boshlarida Nizom Nortojievning o'rnini egallagan. O'zi uchun "Paxtakor"dagi ilk mavsumida 19 ta o'yinda maydonga tushib, "Dinamo" (Moskva) va "SHaxtyor" (Doneck) klublari darvozasini ishg'ol qilgan. Himoyachi uchun bu yaxshi ko'rsatkich. 

Mustafo Belyalov sobiq ittifoq olimpiya terma jamoasi tarkibida 7 ta o'yin o'tkazgan. Viktor Salkov boshchiligidagi olimpiyachilar safida Viktor CHanov, Igor Belanov, Valeriy Gazzaev, Igor Lorionov, Fyodor CHerenkov singari mashhur futbolchilar o'ynardi. Mustafo 1984 yilning oxirigacha "Paxtakor" sharafini himoya qilgan. 1985 yilgi mavsumni esa Ozarbayjonning "Neftchi" jamoasida boshlagan. U uch yil davomida Boku shahrining bosh jamoasida o'ynagan. 1988 yilda afsonaviy Birodar Abduraimov "Paxtakor"ga bosh murabbiy etib tayinlangach, Belyalov yana Toshkentga qaytgan. 



Belyalov futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylikda o'zini sinab ko'radi. U Buxoroning "Nurafshon" jamoasiga ustozlik qildi. Uning qo'l ostida jamoa 1995 yilgi chempionatda 5-pog'onadan joy olgan. Belyalov italiyalik futbol afsonasi Franko Barezini o'ziga kumir deb bilgan. 

Mustafo Belyalov oilali, uch farzandning otasi. Mustafo va Elmasxonimlarning nikoh to'ylari 1984 yilning 20 iyul kuni bo'lib o'tgan. Ular Elvina, Rustam va Arslon ismli farzandlarni voyaga etkazishdi. Bugungi kunda Belyalov Toshkentda istiqomat qiladi va qurilish mollari ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing