So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

18 apr 12:43
Yangiliklar

Boshqalar

"Barkamol avlod-2017": Final ishtirokchilari malum bo'ldi

Teglar :  Barkamol avlod
Ayni kunlarda akademik licey va kasb-hunar kollejlari o'quvchi-yoshlari Jizzax viloyatida o'tadigan “Barkamol avlod – 2017” sport musobaqalari final bosqichiga qizg'in hozirlik ko'rayotir.


Hududlarda terma jamoalar shakllantirilib, sport turlari bo'yicha saralash bosqichlari o'tkazilmoqda.

Namangan viloyatida voleybol bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri jamoalari ishtirokida o'tkazilgan musobaqa ham “Barkamol avlod – 2017” sport o'yinlarining respublika final bosqichiga saralash vazifasini o'tadi.

O'smirlar o'rtasidagi bahslarda raqiblaridan har tomonlama ustunligini namoyish etgan Qashqadaryo, Navoiy, Andijon va Farg'ona viloyatlari jamoalari nufuzli sport musobaqasining finalida ishtirok etish imkoniga ega bo'ldi. Qizlar o'rtasidagi musobaqalarda Namangan, Andijon, Xorazm va Farg'ona viloyatlari sportchilari final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

– Saralash bahslariga puxta tayyorgarlik ko'rdik, – deydi Namangan viloyati terma jamoasi azosi Xurshida Ahmadjonova. – Zero, bu musobaqa biz, yoshlarning katta sportga qadam qo'yishimiz va kelgusida yuksak marralarga erishishimizda muhim maktab vazifasini o'taydi. Niyatim – mohir sportchi bo'lib, sport olamining nufuzli musobaqalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilish.

Bayram Aytmurodov, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing