27 may 12:15
Yangiliklar

"Barkamol avlod-2017". Taekvondo. Mezbonlar birinchi bo'lishdi
Musobaqalarning taekvando WTF bahslarida g'olib va sovrindorlar nomi malum bo'ldi.
Qizlar o'rtasidagi 49 kg vazn toifasidagi bahslarda farg'onalik Qamchibekova barcha raqiblarini mag'lub etib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. Kumush medal Xorazm viloyati sharafini himoya qilgan Aminovaga nasib etdi. Qashqadaryolik SHodmonova hamda jizzaxlik Umirova uchini o'rin bilan kifoyalandilar.
55 kg vazn toifasida dayanga chiqqan jizzaxlik Normatova oltin medal sohibasiga aylandi. Bu vaznda farg'onalik Bahritdinova ikkinchi pog'onadan joy oldi. Poytaxtlik Po'latova hamda Surxondaryo viloyati vakilasi Toshtemirovaga bronza medallari nasib etdi.
O'g'il bolalar o'rtasida Bobobekov 55 kgda tengsiz bo'ldi. Mezbon sportchiga finalda Surxondaryo viloyati vakili J.Gulmatov imkoniyatni boy bergan. Buxoro va Sirdaryodan kelgan SH.Sultonov hamda S.Ahmedov shohsupaning keyingi o'rnidan joy oldilar.
Umumjamoa hisobida Jizzax viloyati taekvandochilari birinchi, surxondaryolik dayan ustalari ikkinchi, Farg'ona viloyati jamoasi esa uchinchi o'rinni band etdi.
Fikrlar