So’nggi yangiliklar

11:28Самбо. Жаҳон чемпионатини иккита олтин медаль билан бошладик 0 09:30Осиё ўйинларида иштирок этаётган барча ўзбекистонлик спортчиларнинг натижалари битта саҳифада (LIVE) 0 20:05Расман: Отабек Шукуров Сербия клубига ўтди 0 19:47Осиё ўйинларининг сўнгги медалларга бой ўтадиган кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум 0 18:50Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 18:22Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркияга имкониятни бой берди 0 17:30Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида спортчиларимиз 9 та медаль қўлга киритишди: шулардан 4 таси олтин! 0 21:42Осиё ўйинларининг ўн учинчи кунида иштирок этадиган спортчиларимиз рўйхати билан танишинг 0 21:00Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:45Осиё ўйинларининг ўн иккинчи кунидан кейин медаллар жамғариш рейтинги қандай? (ТОП-20) 0 19:08Эртага Осиё ўйинларида боксчиларимизни учта финал кутмоқда (бошланиш вақтлари) 0 18:52Леау Роналдуга тегишли бўлган 7-рақам остида қайдномага киритилди 0 17:00Сауль Альварес октябрь ойида WBC чемпионлик камари учун жанг қилади 0 15:48"Яна офисдаман". Илия Топурия машғулотларни қайта бошлаганини маълум қилди 0 15:01Осиё ўйинларининг 12-кунини иккита кумуш медаль билан якунладик 0

28 sen 12:10
Yangiliklar

Futbol

“Barkamol avlod-2019”. Viloyat bosqichida kuchlilar saralanmoqda

Uch bosqichli sport o'yinlarining o'rta bo'g'ini sanalagan “Barkamol avlod” sport musobaqalarining saralash bellashuvlari ayni avji pallasida.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 oktyabrdagi “O'quvchi va talaba yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan respublika sport musobaqalari tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida”gi 864-sonli hamda Toshkent viloyati xokimining 2018 yil 10 noyabrdagi 883-sonli qarorlarining ijrosini taminlash maqsadida Toshkent viloyati jismoniy tarbiya va sport, viloyat kasb-hunar talimi boshqarmalari hamda O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi Toshkent viloyati mintaqaviy bo'limi hamkorligida “Barkamol avlod-2019” sport o'yinlari joriy yilning 10 fevralidan respublika tashkiliy qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq bosqichma-bosqich o'tkazilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabida “Barkamol avlod-2019” sport o'yinlari dasturidan joy olgan futbol turi bo'yicha viloyat saralash bellashuvlari bo'lib o'tdi. Viloyat bosqichiga etib kelgan Olmaliq shahri, CHirchiq shahri, Bo'ka, CHinoz, O'rtachirchiq hamda Quyichirchiq tumanlaridan oltita jamoa g'oliblik uchun kurash olib borishdi. 

Murosasiz va qizg'in o'tgan bahslar yakuniga ko'ra CHinoz tumani futbolchilari faxrli birinchi o'rinni band etishgan bo'lishsa, ikkinchi o'rinni CHirchiq shahri terma jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o'rinni Bo'ka tumani yoshlari egallashdi. Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. 

SHuningdek, musobaqada ikkinchi o'rinni egallagan CHirchiq qurilish va kommunal xo'jaligi hamda CHirchiq sanoat kasb-hunar kollejlaridan tashkil topgan  terma jamoa “Adolat” SDPning CHirchiq shahar kengashi tomonidan ham munosib taqdirlandi.     

Rustam Boboqulov, O'zbekiston talabalar sporti associaciyasi

Toshkent  viloyati mintaqaviy bo'lim rais o'rinbosari, 

viloyat tashkiliy qo'mita masul kotibi

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing