12 mar 21:01
Yangiliklar
Barkamol avlod-2022. Jizzaxlik futbolchilar final bosqichi chempioniga aylanishdi
Qarshi shahridagi stadionlarda respublikamizdagi akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari futbol bo'yicha eng kuchli hudud nomiga aniqlik kiritish maqsadida to'p surishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, Jizzax viloyati terma jamoasi futbolchi-yoshlari respublikada tengsiz ekanliklarini namoyish etishdi va musobaqaning oltin medallariga ega chiqishdi.
Faqatgina Jizzax viloyatiga qarshi bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan surxondaryolik futbolchilarga musobaqaning ikkinchi pog'onasidan joy olish nasib etgan bo'lsa, 3-o'rin bilan Xorazm viloyati terma jamoasi taqdirlandi.
G'olib va sovrindorlarga musobaqa tashkiliy qo'mitasi tomonidan qimmatbaho esdalik sovg'alari ham topshirildi.
Fikrlar