So’nggi yangiliklar

12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0 18:17Башар Ресан "Персеполис"га қайтадими? 0 17:46Фьюри ва Жошуа жанги Буюк Британияда рекорд ўрнатиши мумкин 0 17:15"Фақат раундлар". Бивол ўзбекистонлик боксчилар билан машғулот ўтказмоқда (ФОТО) 0

30 mar 20:02
Yangiliklar

Boshqalar

Barkamol avlod-2022 – yakuniy chempionlik yo'lida eng kuchlilar saralanmoqda

Teglar :  Barkamol avlod
2021 yilning dekabr oyida start olgan Barkamol avlod-2022 sport o'yinlari final bosqichida hozirgacha 9 ta musobaqa o'z yakuniga etdi.

Respublikamizdagi akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari o'rtasidagi musobaqalarda kurash, futbol, dzyudo, engil atletika, voleybol (qizlar alohida, o'g'il bolalar alohida), basketbol (qizlar alohida, o'g'il bolalar alohida), gandbol (qizlar alohida, o'g'il bolalar alohida) sport turlari bo'yicha yakuniy chempionlar nomi allaqachon malum bo'lib ulgurdi.

Malumki, 12 ta sport turidan o'tkaziluvchi ushu sport o'yinlari yakunida 14 ta hududning to'plagan ochkolari hisobiga ko'ra umumjamoa hisobida g'oliblikni qo'lga kiritgan hudud aniqlanadi.

9 ta musobaqadan so'ng jadvalning eng yuqori pog'onasini samarqandlik sportchilar 107 ochko bilan boshqarmoqda. 2-o'rinni Xorazm viloyati sportchilari 103 ochko bilan band etib turgan bo'lsa, farg'onaliklar 96 ochko bilan 3-o'rinda borishmoqda.

SHuningdek, yuqori uchlikka kirish uchun Surxondaryo viloyati terma jamoasi 92 ochko bilan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Jizzax viloyati sportchilari esa bir xil 90 ochkodan jamg'argan holda yaxshi imkoniyatga ega bo'lib turishibdi.

Malumot uchun, «Barkamol avlod» sport o'yinlarining respublika final bosqichi doirasida yana badminton, belbog'li kurash, stol tennisi, shaxmat va shashka sport turlari bo'yicha jami 5 ta musobaqa o'tkaziladi. SHu boisdan ushbu jadvalda hududlar bir necha marta o'zaro o'rin almashishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, final bosqichi yakunida jadvalning yuqori uchligidan o'rin olgan hududlarning sportchi-yoshlariga Prezident sovrinlari topshiriladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing