23 may 15:38
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" yana bir urugvaylik hujumchini sotib olmoqchi
"Barselona" "Selta" hujumchisi Maksi Gomesga 25 million evro taklif qildi.
22 yoshli Gomesni xarid qilish narxi - 50 million evro, ammo "Selta" pastki ligaga tushib ketgan taqdirda bu narx ikki baravarga kamayishi mumkin edi. Ammo klub La Ligada jon saqlab qola oldi. "Selta" forvard uchun 40 million evrodan kam olmoqchi emas.
Oldinroq Gomesga "Liverpul", "Atletiko" va Vest Xem" jamoalaridan qiziqish bo'layotganligi xabar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Gomes ushbu mavsumda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 5 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ya olgan.
Havola :
Fikrlar