07 mar 08:28
Yangiliklar
Futbol

“Barselona”ning yana bir futbolchisi jarohat oldi
Bu safar kataloniyaliklar futbolchisi Artur safdan chiqdi.
“Barselona”ning braziliyalik yarim himoyachisi Artur o'ng oyog'ida og'riq his qilayotgani sabab La Liganing 27-turidan o'rin olgan “Real Sosedad”ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi. Futbolchi ayni damda individual dastur asosida shug'ullanmoqda.
Artur joriy mavsum 20 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. “Barselona” - “Real Sosedad” uchrashuvi bugun 22:30 da boshlanadi.
Havola :
Fikrlar