07 noy 20:19
Yangiliklar
Barti mukofot pullari bo'yicha mavsum peshqadami bo'ldi
Avstraliyalik tennischi joriy mavsum WTA-Tur musobaqalaridagi ishtirokidan 11 million 300 ming dollar ishlab topdi. Ushbu summaga tennischilarning reklama va boshqa kelishuvlardan kelib tushadigan pullar qo'shilmagan.
Bu borada ikkinchi pog'onadan joy olgan ruminiyalik Simona Xalep 6,96 million dollarga ega bo'lgan. O'z hamyonini 6,79 million dollarga boyitib olgan yaponiyalik Naomi Osaka kuchli uchlikka yakun yasadi.
Eng ko'p mukofot puli ishlagan tennischilar TOP-10:
1. Eshli Barti (Avstraliya) - $11,3 mln
2. Simona Xalep (Ruminiya) - $6,96 mln
3. Naomi Osaka (Yaponiya) - $6,79 mln
4. Byanka Andreesku (Kanada) - $6,5 mln
5. Elina Svitolina (Ukraina) - $6,1 mln
6. Karolina Plishkova (CHexiya) - $5,1 mln
7. Serena Uilyams (AQSH) - $4,3 mln
8. Kiki Bertens (Gollandiya) - $4,2 mln
9. Belinda Benchich (SHveycariya) - $4,1 mln
10. Petra Kvitova (CHexiya) - $3,7 mln
Fikrlar