29 fev 13:16
Yangiliklar
Tennis
Barti yarim finalda imkoniyatni boy berdi
Sayyoramizning birinchi raqamli tennischisi Eshli Barti Qatardagi musobaqa bilan xayrlashdi.
Eshli Qatar Total Open turniring yarim finalida chexiyalik Petra Kvitovaga qarshi kortga chiqdi. Petra 1 soatu 51 daqiqa davom etgan uchrashuvda raqibasini 6:4, 2:6, 6:4 hisoblarida taslim etishni uddaladi.
Endi Petra Dohadagi musobaqaning bosh sovrini uchun belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi bahs olib boradi.
Havola :
Fikrlar