So’nggi yangiliklar

11:08UzChess Cup III. Нодирбекларда аламли мағлубият. Бугун Мадаминов ёки Воҳидов чемпион бўлиши мумкин 0 10:42Оз қолди! Ўзбекистон МТЖнинг навбатдаги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:07UFC White House. Марказий жанг муддатидан олдин тугади 0 09:41Красноярскдаги турнирни 5 та медаль билан якунладик, Азаматова чемпион! 0 09:06Алекс Перейрани чемпионлик жангида нокаут қилишди 0 08:4972 йилдан сўнг ЖЧда ушбу ҳолат яна бир бор содир бўлди 0 08:28Оқ уй: Шон О'Мэлли иштирокидаги жанг ҳам муддатидан аввал якунланди 0 08:11Деррик Льюис Оқ уйда жанг қилди 0 07:18UFC Freedom 250. Майкл Чендлерни биринчи раунддаёқ нокаут қилишди 0 17:59Ян Облак "Атлетико”дан бошқа клубга ўтиши мумкин 0 17:30Улар муҳаббат шаҳрида + ФОТО 0 16:54Кэти Тэйлорнинг хайрлашув жангига чипталар 30 дақиқада сотиб бўлинди 0 16:26Тошкентда ўтган Octagon 87 турниридан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 15:55Рафинья "Барселона" бўйича қарор қабул қилди 0 15:28Топурия Махачев билан жанг учун даҳшатли сумма сўраган экан 0

16 mar 16:45
Yangiliklar

Futbol

Eshli Koul Italiya klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Teglar :  Eshli Koul
"Arsenal" va "CHelsi" sobiq himoyachisi Eshli Koul B Seriyada ishtirok etayotgan "CHezena" jamoasi boshqaruvini qo'lga oldi.

Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.

45 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnoma 2026 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan bo'lib, uni uzaytirish imkoniyati ham mavjud. Bundan avval Koul murabbiylik faoliyatida "CHelsi" yoshlar jamoasi bilan ishlagan, shuningdek, Angliya yoshlar va asosiy terma jamoalarida, "Everton", "CHelsi" va "Birmingem" klublarida murabbiy assistenti bo'lib ishlagan.

30 turdan so'ng "CHezena" B Seriya turnir jadvalida 40 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi.

Futbolchilik faoliyati davomida Koul "Arsenal" bilan ikki marta Angliya chempioni bo'lgan, uch marta mamlakat kubogini va ikki marta Superkubokni qo'lga kiritgan. "CHelsi" bilan esa Angliya chempionligi, to'rtta Angliya Kubogi, Liga Kubogi, mamlakat Superkubogi, CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasida g'olib chiqqan. U APLda jami 384 o'yin o'tkazib, 15 ta gol urgan. Angliya terma jamoasi safida esa 107 bahsda maydonga tushgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing