08 may 17:25
Yangiliklar
Futbol
Palmer "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozi?!
"CHelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer "Manchester Yunayted"ga o'tish variantini ko'rib chiqadi.
Manbaning xabar berishicha, 24 yoshli ingliz futbolchisi 2026 yilning yozida "Old Trafford"ga o'tishi mumkin. Agar "Manchester Yunayted"ning qiziqishi saqlanib qolgan bo'lsa, u muzokaralarga tayyor.
MYU hali qaror qabul qilmagan, chunki hozirda tarkibdagi boshqa poziciyalar ustuvor vazifa hisoblanadi.
2025/26 yilgi mavsumda formasida pasayish kuzatilgan Palmer 30 o'yinda 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "CHelsi" bilan shartnomasi 2033 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Transfermarkt uning transfer qiymatini 110 million evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : Daily Mail
Fikrlar