So’nggi yangiliklar

16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0

21 apr 07:23
Yangiliklar

Boshqalar

Basketbol bo'yicha Evropa birinchiligi 2021 yildan 2022 yilga ko'chirildi

Teglar :  BasetbolFIBA
Xalqaro basketbol federaciyasi – FIBA tashkilot musobaqalari muddatiga koronavirus pandemiyasining tasiriga bag'ishlangan videokonferenciya o'tkazdi.

Videokonferenciyada basketbol bo'yicha Evropa chempionati – “Evrobasket-2021” musobaqalari muddatini ko'chirish to'g'risida qaror qabul qilindi. Bu galgi “Evrobasket-2021” Germaniya, Gruziya, CHexiya va Italiyada 2021 yil 2-9 sentyabrda o'tkazilishi belgilangan edi. “Tokio-2020” Olimpiya o'yinlari 2020 yildan 2021 yilga ko'chirilganligi munosabati bilan basketbol bo'yicha Evropa chempionati endi 2022 yil 1-18 sentyabrda o'tkaziladigan bo'ldi.

Basketbol bo'yicha Evropa chempionati – to'rt yilda bir marta FIBA shafeligida Evropaning erkaklar terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladigan xalqaro turnirdir. Bu turnir birinchi marta 1935 yilda SHveycariyada o'tkazilgan. “Evrobasket”ning amaldagi chempioni Sloveniya terma jamoasi hisoblanadi. Ushbu chempionlik kubogi FIBA Basketbol shon-shuhrat zali azosi, FIBA vice-prezidenti bo'lgan Nikolay Semashko nomi bilan ataladi.

Basketbol bo'yicha Evropa chempionatining saralash musobaqalari qitaning 41 ta milliy terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. Saralash o'yinlarining har bir bosqichida turli miqdordagi terma jamoalar ishtirok etadi. Bunda guruhdagi har bir jamoa o'z raqiblariga qarshi ikki marta – uyida va mehmonda kurash olib boradi. Natijada ular orasidan eng kuchli 24 terma jamoasi Evropa chempioni unvoni uchun kurash olib boradi.

Eslatib o'tamiz, basketbol bo'yicha Evropa chempionatining saralash musobaqlari 2017 yil 23 noyabrda boshlangan va 2021 yil 23 fevralda nihoyasiga etishi kerak edi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing