15 okt 08:45
Yangiliklar
Futbol

BATE – ketma-ket 11 karra Belarus chempioni!
BATE klubi ketma-ket o'n birinchi marotaba Belarus chempionligini qo'lga kiritdi.
Borisovliklar 25-tur doirasidagi uchrashuvda “Granit”klubi mehmoni bo'lib, 1:0 hisobida zafar quchishdi.
Bu bilan ular mamlakat chempionati yakunlanishiga 5ta tur qolgan bir paytda muddatidan avval chempionga aylanishdi. BATE o'z tarixida 13-marotaba Belarus chempioni bo'lgan.
2006 yildan beri ushbu davlatda chempion nomi o'zgarmay kelmoqda. BATE 1999, 2002, 2006, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014 va2015 yillarda chempionlik shoxsupasiga ko'tarilgan.
Havola :
Fikrlar