16 apr 13:06
Yangiliklar
Baxt to'kis bo'ldimi? Ayollar o'rtasidagi "Nomzodlar turniri"da kim zafar quchdi?
Erkaklar o'rtasidagi musobaqani 6 g'alaba, 8 durang natija bilan yakunlagan hamyurtimiz Javohir Sindarov muddatidan avval 10 ochko bilan Jahon toji uchun kechadigan match yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Grossmeysterimiz turnirni mag'lubiyatsiz yakunlagan yagona ishtirokchi bo'ldi.
Ayollar o'rtasidagi turnirda esa chempionlik masalasi so'nggi 14-turda hal bo'ldi. Hindistonlik Vayshali Rameshbabu oq donalarda Katerina Lagnoni mag'lubiyatga uchratdi va 8,5 ochko bilan Jahon toji uchun kechadigan match yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva esa 14-turda qora donalarda hindistonlik Divya Deshmuh bilan durangga rozi bo'ldi va buning natijasida yo'llanmadan quruq qoldi. U 8 ochko to'plagan holda musobaqa ikkinchi o'rinda yakunladi. Faqat g'alabagina Bibisaraning g'oliblik uchun imkoniyatini saqlab qolardi.
Afsuski, baxt to'kis bo'lishi uchun yarim ochko etmay qoldi. Aks holda, Javohir Sindarov va Bibisara Assaubaeva Kiprdan Jahon toji uchun chipta bilan qaytib kelardi.


Fikrlar