So’nggi yangiliklar

16:42"Реал" "Борнмут" футболчиси учун курашга қўшилди 0 16:0550 ёшли Фёдор Емельяненко Фрэнсис Нганну билан жанг қилишни орзу қилишини айтди 0 15:22Тайсон Фьюри Дональд Трампни Энтони Жошуага қарши жангга таклиф қилмоқчи 0 14:44Шара Буллет Исраэль Адесаньяга қарши жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 13:23ФАКТ. Ўзбекистон сафарда Жанубий Кореяни мағлуб эта олмаган 0 12:24Дана Уайт UFC қийматини 50 млрд долларга баҳолади 0 11:43"Тарихий натижа учун мукофот йўқ" — қозоғистонлик шахматчи норозилик билдирди 0 10:35Забит Магомедшарипов RAF Wrestling Лигаси билан шартнома имзолади 0 09:42Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Корея Республикаси меҳмони бўлади 0 09:11Солт-Лейк-Ситидаги UFC 332 турнири иккита тарихий рекордни янгилади 0 08:40Бугун Жаҳон чемпионатида Элбек Тожиевга мухлислик қиламиз! 0 08:09Олимпиадада қатнашган шахматчилар Ватанга қайтишлари билан қамоққа олинди 0 07:38Миллатлар лигаси. Франция терма жамоаси Бельгияни тор-мор этди, Олиседа — дубль! 0 07:07Mangu 6 турнири учун чемпионлик жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 19:55Дастин Порье Рамазон Темировни мақтаб, унга рақиб таклиф қилди 0

18 apr 12:55
Yangiliklar

Eshkak eshish

Baydarka va kanoe. Jahon chempionati sovrindorlari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi

Xabar berib o'tganimizdek, o'zbekistonlik yosh sportchilar Ispaniyaning Barselona shahrida bo'lib o'tgan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli qatnashib, III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritishgandi.

Ushbu nufuzli musobaqada uch nafar sportchimiz o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlari talabini bajarib, shu yilning 6-18 oktyabr kunlari Argentinada bo'lib o'tadigan nufuzli musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilish huquqiga ega bo'ldilar.
Bugun erta tongda yosh sportchilarimiz joy olgan samolyot zaminimizga kelib qo'ndi.

Jahon chempionati qahramonlari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi. Marosimga O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish federaciyasi mutasaddilari, muxlislar, sportchilarning yaqinlari hamda OAV xodimlari jam bo'lishdi.


Malumot uchun, Barselonada bo'lib o'tgan jahon chempionatida Islom Abdusalomov, Gulbahor Fayzieva va SHerzod Hakimjonovlar III o'smirlar Olimpiya o'yinlari licenziyasini qo'lga kiritishdi.

SHuni alohida qayd etib o'tishimiz lozimki, vakillarimiz ushbu jahon chempionatida mavjud 4 imkoniyatdan 3ta yo'llanma qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldilar.

Bugungi kunga kelib, O'zbekiston sport delegaciyasi Buenos-Ayresdagi o'yinlarga quyidagi sport turlari bo'yicha licenziyalarga ega:

Og'ir atletika - 3
Baydarka va kanoeda eshkak eshish - 3
Akademik eshkak eshish - 2
Ot sporti - 1
Taekvondo - 1

Buenos-Ayresdagi musobaqaga qadar vakillarimiz boks, erkin, yunon-rum va ayollar  kurashi, engil atletika, sport gimnastikasi, badiiy gimnastika, trampolin, tennis, suzish, dzyudo, stol tennisi va karate kabi sport turlari bo'yicha licenzion musobaqalarda qatnashadilar va Olimpiya o'yinlari yo'llanmalari uchun kurash olib boradilar.

Milliy olimpiya qo'mitasi bundan buyog'iga ham sport sohasidagi islohotlarni davom ettiradi. Yosh va iqtidorli sportchilarimizning licenzion musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olishlari uchun zarur bo'lgan barcha-shart sharoitlarni yaratib beradi.

"Jahon chempionatidan taassurotlarim bir olam. Bellashuvlarda muvaffaqiyatli qatnashganimdan xursandman. Bahslarda Vengriya, Rossiya, Qozog'iston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan sportchilar menga asosiy raqobatchi bo'lishdi. Ularni mag'lubiyatga uchratish oson bo'lgani yo'q.

So'nggi ikki yilda mashg'ulotlarda katta hajmda ish olib bordik. Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etishimda murabbiyimning ham o'rni katta. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. SHuningdek, musobaqa davomida meni qo'llab-quvvatlab turgan yaqinlarimga ham rahmat aytaman", - dedi sportchi Gulbahor Fayzieva.


Gulbahorning murabbiyi ham ushbu yutuqdan xursand ekanligini yashira olmadi.

"Bellashuvlar haqida gapiradigan bo'lsak, Gulbahor saralash bosqichida eng yaxshi natijani ko'rsata oldi. 1/4 finalda qozog'istonlik, yarim finalda rossiyalik raqibdan ustun keldi. Hal qiluvchi final bahsida esa vengriyalik sportchini katta farq bilan mag'lubiyatga uchrata oldi. Ushbu muvaffaqiyat biz uchun juda yoqimli bo'ldi.

Rahbariyat yordamida musobaqaga yuqori saviyada tayyorgarlik olib bordik. Oldinda 2000 yilda tug'ilgan sportchilar o'rtasida Bolgariyada bo'lib o'tadigan jahon chempionati, shuningdek, O'zbekiston chempionati hamda Samarqand shahri mezbonlik qiladigan 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida Osiyo chempionati kutib turibdi. Ushbu musobaqalar biz uchun Argentinadagi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik vazifasini bajaradi", - dedi murabbiy Ekaterina Zarkova.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
18 apr 16:01:02
Husniddin Mirzaliyev
таниш инсонларку :)
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing