19 sen 16:40
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoechilarimiz “Toshkent dengizi”da yig'ilishdi
Butun dunyo bo'ylab uzoq davom etgan pandemiya davridan so'ng oldinda turgan musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun sportchilarimiz faol mashg'ulotlarga kirishgan.
Jumladan, sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish turlari bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi azolari ham Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumanidagi Tuya-bo'g'iz qo'rg'onida joylashgan “Toshkent dengizi”da o'quv-mashg'ulot yig'inida qatnashmoqda.
Malakali murabbiylar nazorati ostida 14 sentyabr kuni boshlangan yig'inda mamlakatimizning eng istedodli yosh sportchilari jamlandi. Ular 7 oktyabrga qadar davom etadigan o'quv-mashg'ulot yig'inida sport formalarini yaxshi holatga keltirish va oldindagi musobaqalar uchun taktik tayyorgarliklar ustida ishlashadi.
Havola :
Manba : Спорт вазирлиги
Fikrlar