09 iyu 14:39
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi
Toshkent viloyatida joylashgan Toshkent dengizida 2000-2001 yillar va undan keyin tug'ilgan sportchilar o'rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri sportchilari sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar.
Musobaqa davomida o'g'il bolalar K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4, qizlar esa K-1, K-2, K-4 qayiqlarda 200, 500, 1000 metr, S-1, S-2 qayiqlarida 200, 500 metr masofalarda starga chiqadilar.
Takidlab o'tish lozimki, ushbu musobaqa oldinda turgan nufuzli musobaqalar, jumladan III yozgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishda muhim ahamiyatga ega.
Bahslar 13 iyulga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar