30 iyu 08:29
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Hamyurtlarimiz yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida sovrindor bo'lishdi
Bolgariyaning Plovdiv shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tayotganligi haqida xabar qilgandik.
Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz sharafini 16 nafar sportchi himoya qilayotganligidan ham xabaringiz bor.
Jahonning 85 mamlakatidan 456 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqada sportchilarimiz sovrindorlar qatoridan o'rin olishga muvaffaq bo'ldilar.
S-2 qayig'ida juftlikda 200 metrlik masofaga eshkak eshgan Dilnoza Rahmatova hamda Nilufar Zokirova tandemi kumush medalni qo'lga kiritishdi. Qizlarimiz bu borada faqat beloruslik raqiblaridan ortda qolishdi.
Artur Guleev va Elyorjon Mamadalievlar S-2 qayig'ida 500 metr masofaga eshkak eshib, kumush medalini qo'lga kiritdilar.
CHempionat davom etmoqda.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar