So’nggi yangiliklar

19:05ИНТЕРВЬЮ. Футбол ўйнаганим учун дадам уришмасин деб, боксга борганман — Шаҳобиддин Эгамов 0 19:04ITF М15. Шин Анталиядаги юришини нимчорак финалда тўхтатди 0 18:43Жон Жонс Том Аспиналл ва Ган ўртасидаги жанг ҳақида гапирди 0 18:22Мераб Двалишвили: "Яннинг энг катта хатоси – у мени ҳурмат қилмагани" 0 18:01Давид Райя — "Арсенал" тарихидаги энг яхши дарвозабон 0 17:39Тожикистон ва КХДР Asian Boxing сафига ўтди 0 17:17UFC жангчиси шу йилнинг ўзида олтинчи марта ҳибсга олинди 0 16:54Асадбек Саидов Octagon 80 турниридаги иштироки орқали бонусга лойиқ кўрилди 0 16:29Лутфуллин бригадаси Миср – Венесуэла учрашувида ишлайди 0 16:08Доғистонда Ислам Махачев номли кўча пайдо бўлди 0 15:47Достон Бозоров визани қўлга киритди (ФОТО) 0 15:26"Ҳумо" қайтяпти: жамоа Ўзбекистон очиқ чемпионатида иштирок этишини тасдиқлади. Бугун илк ўйин! 0 15:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун уй либоси намойиш қилинди + ФОТО 0 14:44PFL Лигаси Гран-При форматини бекор қилди 0 14:23Шаббона Абдувалиева "Катта Дубулға" турнирига йўлланма қўлга киритди 0

11 sen 18:18
Yangiliklar

Eshkak eshish

Baydarka va kanoeda eshkak eshish. O'zbekiston Kubogining ikkinchi bosqichi start olmoqda

Teglar :  Eshkak eshish
13 sentyabr kuni Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston Kubogining ikkinchi bosqichiga start beriladi.

Bellashuvlarda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri terma jamoalari, sport maktablari va muassasalar, sport kollejlari vakillari ishtirok etadilar.

Erkaklar o'rtasida 200, 500, 1000 metr masofalarga bahslar tashkil qilinadi. Unda sportchilar K-1, K-2, S-1, S-2 qayiqlarida kuch sinashadilar. K-4, S-4 qayiqlardagi bellashuvlar esa 1000 va 200 metr masofalarga o'tkaziladi.

Ayollar o'rtasidagi musobaqalar esa K-1, K-2 qayiqlarida 200, 500, 1000 metr masofalarga bo'lib o'tadi. K-4, S-1, S-2 qayiqlarida esa 200 va 500 metr masofaga bellashuvlar tashkil qilinadi.

Respublika Kubogi doirasida parakanoe musobaqalari ham rejalashtirilgan. Bu yo'nalishda ayollar KL-2, KL-3 qayiqlarida 200 metr masofaga o'zaro bahslashadilar. Erkaklar esa K-1 va S-1 qayiqlarida xuddi shunday masofada kurash olib boradilar. Musobaqa 16 sentyabrga qadar davom etadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing