21 okt 10:44
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Samarqandda qita miqyosidagi nufuzli musobaqalar boshlandi
Xabar berib o'tganimizdek, Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha kattalar o'rtasida Osiyo kubogi, 23 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida Osiyo chempionati, shuningdek, parakanoe bo'yicha kita chempionati bo'lib o'tadi.
Bugun ushbu musobaqalarga start berildi. Bahslarga dastlab parakanoechilar kirishishdi. Ular chempionat doirasida 200 metr masofaga kuch sinashadilar. So'ngra kattalar o'rtasidagi bahslar boshlanadi va sportchilar 200-500-1000 metr masofalarga eshkak eshadilar. Bellashuvlarda erkak sportchilar K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4 qayiqlarida kurash olib boradilar. Ayollar o'rtasida esa 200 va 500 metr masofalarga yuqorida sanab o'tilgan qayiqlarda bahslar tashkil qilinadi.
23 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi bellashuvlarda 200-500-1000 metr masofalarga K-1, K-2, K-4, S-1, S-2, S-4 qayiqlarida bahslar bo'lib o'tadi.
Musobaqa 25 oktyabrga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar