05 fev 16:16
Yangiliklar
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Sportchilarimiz navbatdagi yig'inga kirishdi
Sportchilarimiz 4-27 yanvar kunlari Toshkent viloyatida tayyorgarlikning birinchi bosqichini olib borgandilar. Bugundan hamyurtlarimiz tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini boshlashdi. 27 fevralga qadar davom etadigan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida sportchilarimiz malakali murabbiylar A.Ponomarev, R.Mirzadiyarov, V.Sergeev, V.SHubina qo'l ostida shug'ullanishmoqda.
Yig'inda terma jamoamiz etakchilari, jumladan Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov, Nurislom To'xtasin o'g'li, Artur Guleev, Elyor Muhammadaliev, Nikolay Lipkin, SHohruxbek Azamov, SHahriyor Mahkamov, Javohir Nurmatov, Ernest Irnazarov, Vilyam Ibragimov, Denis Onufriev, Odil Qayumov, Dilnoza Rahmatova, Nilufar Zokirova, Ekaterina SHubina, Natalya Kazanceva, Kseniya Kochneva, Yuliya Borzova, Kamila Malaxova, Nikita Dektyarov, Sunnatillo Inogamov va Olga Umaralieva kabi sportchilarimiz ishtirok etishmoqda.
Fikrlar