24 fev 16:55
Yangiliklar
Eshkak eshish
Baydarka va kanoeda eshkak eshish. Toshkent dengizida O'zbekiston chempionati tashkil etiladi
25-28 mart kunlari Toshkent dengizida 2001-2005 yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tadi.
Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi maxsus sport maktablari va klublari, sportchi jamoalaridan yosh eshkak eshuvchilar qatnashadilar.
Respublika CHempionati doirasida sportchilar baydarkada K-1, K-2, K-4, kanoeda esa S-1, S-2, S-4 qayiqlarda 200, 500, 1000 metr masofalarga yakkalik, juftlik va to'rt kishilik ekipajlarda kuch sinashadilar.
CHempionat yakuni bo'yicha g'oliblar medal va diplomlar bilan taqdirlanadilar.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar