07 avg 13:20
Yangiliklar
Eshkak eshish, Parij-2024
Baydarkada eshkak eshish. Ekaterina SHubina marraga oxirgi bo'lib etib keldi, u endi chorak finalda qatnashadi
Parij Olimpiadasida baydarkada eshkak eshish bahslari o'tkazilmoqda.
Musobaqada yakkalikning 500 metrga suzish bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ekaterina SHubina o'z guruhida 1:58.37 natija bilan marraga oxirgi bo'lib keldi. U to'g'ridan-to'g'ri yarim finalga chiqa olmadi. Biroq, chorak final orqali medal uchun kurashsa bo'ladi.
CHorak final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan 16:30da bo'ladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar