14 iyu 08:35
Yangiliklar
Bekzod Abdurahmonov endi faqat MMAda jang qiladimi?
Abdurahmonovga MMA sport turi begona emas. U aralash yakkakurash sport turida bugunga qadar sakkizta jang o'tkazgan hamda barchasida g'alaba qozongan.
Xo'sh, sportchimiz endilikda faqat MMAda jang qiladimi? Bu savolga uning rafiqasi, O'zbekiston taekvondo WT terma jamoasi sobiq azosi Nigora Tursunqulova Instagram'dagi sahifasi orqali javob berdi:
"Yo'q. Kurashni to'xtatganlari yo'q. Xudo xohlasa, yaqin kunlarda musobaqalarda ko'rasizlar, In SHa Alloh! Oldimizda muhim yil turibdi", - deb yozib qoldirgan Tursunqulova.
Eslatib o'tamiz, Bekzod Abdurahmonov erkish kurash bo'yicha jahon chempionati ikki karra bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo chempioni hamda ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibidir. Hamyurtimiz ayni damda AQSHdagi Harvard universitetida ham faoliyat yuritadi.
Fikrlar