11 apr 12:01
Yangiliklar
Futbol

Belarus chempionati. Bugun "Energetik-BGU" o'ynaydi
Bugun Belarus chempionati 4-tur o'yinlari davom ettiriladi.
Belarus chempionati 4-tur doirasida hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev va SHahboz Umarov harakat qilayotgan "Energetik-BGU" jamoasi mehmonda "Torpedo BelAZ"ga qarshi kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Bahs "Match TV" telekanali tomonidan to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi.
Takidlash kerakki, Yaxshiboev 3 turdan 3ta gol va 1ta assist qayd etgan holda chempionatning eng samarali o'yinchisi bo'lib turibdi. "Energetik-BGU" esa 3ta turda 3 g'alabaga erishgan holda jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Ammo, kecha xabar berganimizdek Yaxshiboev jarohat olgan va bugun o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar