19 mar 14:22
Yangiliklar
Futbol

Belarus chempionatining ochilish uchrashuvi. Yaxshiboev va Umarov jamoasi BATEga qarshi o'ynaydi
Bugun Belarus Premer-ligasiga start beriladi.
"Energetik-BGU" Belarus chempionatining yangi mavsumidagi ilk o'yinini BATEga qarshi o'tkazadi.
Etiborlisi, ochilish uchrashuvida mezbonlar tarkibida hamyurtlarimiz Jasurbek Yaxshiboev va SHahboz Umarovlar to'p tepishadi. Belarus klubi Jasur Yaxshiboevni mavsum so'nggiga qadar ijaraga olgan bo'lsa, SHahboz Umarov bilan ham mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzolagan.
Malumot uchun, "Energetik-BGU" va BATE jamoalari o'rtasidagi Belarus chempionatining yangi mavsum ochilish o'yini Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar