20 mar 12:59
Yangiliklar
Parij-2024
Belarus va rossiyaliklar Olimpiada-2024 ochilish paradida ishtirok etmaydi
Rossiya va Belarus nomidan Parij-2024 Olimpiadasida qatnashadigan sportchilar tantanali ochilish marosimida ishtirok eta olmaydilar.
"Neytral maqomdagi sportchilar delegaciya bo'lib ochilish marosimida qatnashmaydi. CHunki ular individual sportchilar hisoblanadi. SHunga o'xshash holat Barselonada o'tgan Olimpiada-1992`da sobiq Yugoslaviya bilan ham kuzatilgandi", - deyiladi Xalqaro olimpiya qo'mitasi bayonotida.
SHuningdek, XOQ neytral maqomdagi sportchilarni tekshiradigan qo'mita azolarini ham oshkor qildi. Ushbu ro'yxatdan basketbolchi Pau Gazol, stol tennisi bo'yicha Olimpiada chempioni YU Sin Min hamda sobiq sinxron suzuvchi, ayni paytda XOQ vice-prezidenti bo'lgan Nikol Xevertc joy oldi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar