07 apr 09:53
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurashchilar Olmaliqda bel olishishdi
Kecha, 6 aprel kuni Olmaliq shahrida belbog'li kurash bo'yicha 2008-2009 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida belbog'li kurash bo'yicha Toshkent viloyati chempionati bo'lib o'tdi.
Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridan 130 nafardan ortiq yosh polvonlar 13 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishdi. Musobaqa bosh hakami Bahodir SHeranov boshchiligidagi hakamlar esa bellashuvlarni munosib baholab borishdi. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.
Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasi ijrochi direktori Toshkentboy Yaxshiboevning takidlashicha, ushbu chempionat g'olib va sovrindorlari aprel oyining ikkinchi o'n kunligida Andijonda o'tadigan Respublika chempionatiga yo'llanmaga ega bo'lishdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar