So’nggi yangiliklar

16:04Спорт курашлари бўйича Ўзбекистон чемпионати якунланди 0 15:33Афсонавий Роналдиньо профессионал футболга қайтиши сабабини ошкор қилди 0 15:02ММА жамоатчилигининг Харрисон - Нуньес жангига муносабати: "Тарихдаги энг ёмон режа" 0 14:31UFC 334 турнирининг бонус соҳиблари эълон қилинди 0 14:00Мераб Двалишвили "ишкалдаги дўсти" Саба Лазишвилига UFC томонидан шартнома таклиф этилганини айтди 0 13:29Банклар "Манчестер Сити"ни молиялаштиришдан бош тортмоқда 0 12:58Арман Царукян PFL ва Bellator жангчисига қарши баҳс олиб борди 0 12:27Zagreb Grand Prix 2026. Бугун Давлат Бобоновга мухлислик қиламиз! 0 11:56Чемпионлар камарини муваффақиятли ҳимоя қилган UFC 334 турнирининг барча натижалари 0 11:25Жезуш Португалиянинг Даниядан йирик ҳисобда мағлуб бўлиши сабабларини айтди 0 10:54AND STILLLL! UFC 334 турнирининг марказий жангида Ган ўз камарини сақлаб қолди 0 10:06Чемпион Кайла Харрисоннинг собиқ икки камар эгаси Аманда Нуньесга қарши жанги муддатидан аввал якунланди 0 08:54UFC 334. Мурадовнинг собиқ рақиби Кайо Борральо 19-ғалабасини тантана қилди 0 08:23Миллатлар лигаси. Португалия ўз стадионида йирик ҳисобда мағлубиятга учради 0 07:52Ўн йил ютқазмаган чемпион Немков ватандошидан мағлуб бўлди 0

14 noy 14:37
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz jahon chempionatida etakchilik qilishyapti

Teglar :  Belbog'li kurash
Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida belbog'li kurash bo'yicha kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 30 dan ortiq davlati sara kurashchilari ishtirok etayotgan jahon chempionatining kattalar o'rtasida belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishida qatnashgan O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasi 4 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi o'rinni egalladi. 

SHuningdek, kecha 13 noyabr kuni U17 o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati bellashuvlarida Baxtiyor Turg'unpo'latov bosh murabbiyligidagi yosh polvonlarimiz 10 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, kattalar terma jamoamiz singari umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi. 

G'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin medal

45 kg. Abdumajid Husanboev

55 kg. Murodulla Habibullaxonov

65 kg. Sobirjon Abdullaev 

71 kg.  Boburbek Abdumalikov

77 kg. Muhammadqodir Karimjonov

77 kg.  Ezozbek Abduqayumov

+95 kg. SHohjahon Rahmatov 

44 kg. Jasmina Mamurjonova

48 kg. Arofat Muhammadova

70 kg. Ro'zixon G'anijonova. 


Kumush medal 

60 kg. SHerzodbek Eliboev

77 kg. Sardorbek Axatqulov

52 kg. Gulsanam Rahmatullaeva

63 kg. Jasmina Uralbaeva


Bronza medal 

45 kg. Avazbek Toirov

50 kg. Axror G'ofurjonov

55 kg. Amirxon SHukurboev

85 kg. Mansur Po'latboev

95 kg. Nurbek Isaqov

+95 kg. Navro'zbek Mamayusupov

48 kg. Gulsanam Abdukarimova

63 kg. Muxlisa Sayfiddinova

70 kg. Nasibaxon Akbarova

+70 kg. Marhaboxon Mamatkarimova

+70 kg. Rayhonaxon Mamatkarimova. 

Jahon chempionati reglamentiga ko'ra, bugun 14 noyabr kuni Qozon shahrida (U 20) yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

Polvonlarimizga omad tilaymiz. Darvoqe, avval takidlaganimizdek mazkur jahon chempionatida xalqaro toifadagi hakamlarimizdan Miranshoh Ro'ziev, Sergey Txak, Nematulla To'ychiev, Elmurod Abdullaevlar hakamlik vazifasida ish olib borishyapti. Sport delegaciyamizga esa O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov rahbarlik qilmoqda. Musobaqa 16 noyabrga qadar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing