31 avg 12:16
Yangiliklar
Formula-1
Belgiya Gran-prisi Formula-1 tarixidagi eng qisqa poygaga aylandi
Belgiya Gran-prisi Spa-Francorchamps trassasida jahon chempionatlari tarixidagi eng qisqa o'tgan poyga sifatida rekord o'rnatdi.
Kuchli yomg'ir hamda ko'rishning yomonligi sababli Formula-1 poygachilari atigi uch marta trassani aylanishdi. Poyga natijalari birinchi aylana yakuniga ko'ra elon qilindi - bu rekorddir.
Ilgari Formula-1 tarixidagi eng qisqa poyga 1991 yil Adelaida shahridagi Avstraliya Gra-prisida sodir bo'lgan edi. O'shanda kuchli yomg'ir ostida o'tgan poyga 16-aylanadan keyin to'xtatilgan va g'olib 14 aylana natijasi bo'yicha aniqlangandi.
1991 yilgi Avstraliya Gran-prisi g'olibi Ayrton Senna bo'lib, u bilan shohsupani Nayjel Mensell va Gerxard Berger egallashgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar