28 apr 08:26
Yangiliklar
Tennis
Belgiyalik tennischi Niderlandiya chegarasidan o'tgani uchun jarima to'laydi
Belgiyalik tajribali tennischi Kirsten Flipkens Niderlandiya chegarasini velosipedda kesib o'tdi.
Buning uchun Flipkens 250 dollar jarima to'laydigan bo'ldi.
"Mening marshrutim 130 kilometrlik masofani tashkil etardi. Yo'lning bir qismi o'rmondan o'tardi. Bu yo'l esa Niderlandiyaga olib borar ekan. Buni bilgach darhol ortga qaytdim. Lekin policiya xodimlari meni to'xtatishdi. Vaziyatni tushuntirishimga qaramay, ular menga jarima yozib berishdi. Yo'lda bironta ogohlantiriuvchi belgilar yo'q edi. SHunday bo'lsa-da, aybimni tan olaman", - deya Flipkensning so'zlarini keltirmoqda Het Laatste Nieuws.
Havola :
Fikrlar