20 jan 12:39
Yangiliklar
Futbol
"Benfika"da koronavirusga chalingan 18 kishi bor
Portugaliyaning "Benfika" klubi jamoadagi koronavirus haqida xabar qildi.
Kubok yarim finali doirasidagi "Braga"ga qarshi o'yindan bir kun oldin malum bo'ldiki, COVID-19 bilan kasallanganlar orasida o'yinchilar, murabbiylar, klubning boshqa xodimlari, jumladan 71 yoshli prezident Luish Felipe Vieyra ham bor.
"Burgutlar" xabarida yozilishicha, ular harakat borasida tez orada sog'liqni saqlash departamenti bilan maslahat olib borishadi. Jamoaning keyingi ikki haftadagi barcha o'yinlari bekor qilinishi mumkinligi istisno etilmayapti.
Lissabonliklar Primeyrada 3-o'rinda borishmoqda. Jamoani 18 fevral kuni Evropa Ligasi doirasidagi "Arsenal" (London)ga qarshi o'yin kutib turibdi.
Havola :
Fikrlar